Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Kariyev Mansur Omongeldiyevich mazkur qaror yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, quyidagilarni ta’kidladi:
“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari masalasini qonuniy hal etish – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omilidir. Shu bois, 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-son Qonuni talablaridan kelib chiqib, hududlarda ishchi guruhlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning ishini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etish ustuvor vazifa etib belgilandi. Har bir murojaat qonun doirasida xolis va adolatli ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishi zarur. Doimiy komissiya ushbu masala ijrosini qat’iy nazoratga oladi hamda aholi o‘rtasida yer qonunchiligi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi.”