35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
"Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil

"Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi A.Choriyev hamda Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev Qiziriq tumanining "Yangi hayot" mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada bunyod etilayotgan xususiy maktab qurilishi ko‘zdan kechirilib, olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi obod va namunali xonadonlar ko‘zdan kechirilib, xonadon egalari tomonidan amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, tomorqalardan samarali foydalanish, hududning sanitariya holatini saqlash va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ijobiy tajribalar e’tirof etildi.

Yakunda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda olib borish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4