Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bo'tayev Sardoba tumanidagi 1-son va 2-son texnikumlarida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, ularning iste’dod va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Tanlov davomida ishtirokchilar qurilish sohasidagi mahoratlari sinovdan o‘tkazmoqdalar. Bellashuvlar jarayonida yoshlar mas’uliyat, ijodkorlik va kasbiy tayyorgarlik darajasini namoyish etishmoqda.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va iqtidorli ishtirokchilar saralab olinib, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Slide 1 of 5