🗓 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda deputat okrugida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida hududda olib borilayotgan ishlarning borishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, obodonlashtirish hamda aholi murojaatlariga e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi nazoratga olindi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam o‘rganish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish davom ettirilmoqda.