Mahallalar muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari qayerga sarflandi?
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i N.Xalmuradovning hisoboti eshitildi va qoniqarli deb baholandi.
📊 Yarim yillik sarf-xarajatlar tahlili (Raqamlarda):
💰 Umumiy kelib tushgan mablag‘:
2 mlrd 286 mln 486 ming so‘m (2025-yil qoldig‘i va 2026-yil 1-yarim yilligi).
🛠 Ishlatilgan mablag‘: 979 mln 470 ming so‘m.
🏦 Hozirda hisob raqamlarda qolgan qoldiq: 835 mln 906 ming so‘m.
🗂 Mablag‘lar qanday maqsadlarga yo‘naltirildi?
🛣 Yo‘llar ta’miri: 17 ta mahalladagi 11 km dan ortiq ichki yo‘llarni ta’mirlashga 354,2 mln so‘m.
💡 Tungi yoritish: 28 ta mahallaga 934 ta quyosh panelli tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatishga 404,6 mln so‘m.
🖥 Moddiy-texnik baza: Mahalla binolari uchun 8 ta rangli printer va 21 ta monoblok xarid qilishga jami 147,3 mln so‘m.
🛡 Xavfsizlik: Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida 8 ta mahallaga yuzni va avto-raqamni taniydigan aqlli kameralar o‘rnatishga 75,1 mln so‘m.
🚧 Mahalla qiyofasi: 7 ta mahalla markaziy ko‘chalariga kirish darvozalari qurish uchun 96,5 mln so‘m.
📌 Ma’lumot uchun: Eng kam mablag‘ shakllangan mahallalar — Zamondosh, Yangiobod, Gulshan, Do‘stlik va Qo‘shko‘pir mahallalari bo‘ldi.
Doimiy komissiya tomonidan jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini qat’iy nazorat qilish hamda keyingi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.