Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🛣 Idaliqal’a mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

📍 O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–117-son) ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova, tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov hamda Idaliqal’a MFY raisi Sh.Masharipov bilan birgalikda Idaliqal’a mahallasidagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur yo‘llarda amalga oshirilishi belgilangan qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
🗳 Xususan, yo‘llarni ta’mirlash ishlari jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali Shovot tumanida 2026-yilning 1-mavsumi tashabbusli budjet jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida amalga oshirilishi belgilangan.
📑 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-23-32-12-177-K/26-son qarori asosida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan quyidagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
✅ 1-loyiha: Idaliqal’a mahallasidagi Idaliqal’a ko‘chasining 2,2 kilometr qismini asfalt qoplamasi bilan ta’minlash.
✅ 2-loyiha: Idaliqal’a mahallasidagi Gulzor va Xurriyat ko‘chalarining 2,5 kilometr qismini asfalt qoplamasi bilan ta’minlash.
🤝 O‘rganish yakunida loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda yo‘llar sifatining amaldagi me’yoriy talablarga to‘liq mos bo‘lishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari ijrosi ustidan deputatlik nazorati muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5