Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Xamidova tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan Fayzliobod hamda Xalqobod mahallalarida istiqomat qiluvchi davlat ta’minotidagi fuqarolar holidan xabar olinib, ularga bayram kayfiyati ulashildi.
Jumladan, ehtiyojmand fuqarolardan biri — Boshmonova Olmoxonga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram hadyalari topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali fuqarolarga mehr-e’tibor ko‘rsatilib, bayram kunlarida ularning holidan xabar olindi.
Mazkur xayriya tadbiri jamiyatda insonparvarlik, saxovat va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6