Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G'.Saitboyev tashabbusi bilan Otayurt mahallasidagi kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqaro N.Xojanqulova xonadoniga tashrif buyurilib, Qurbon hayiti munosabati bilan bayram hadiyalari topshirildi.
Mazkur xayrli tadbir orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish hamda bayram kunlarida mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida xonadon ahli bilan samimiy muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Bunday ezgu ishlar aholi o‘rtasida ijtimoiy hamjihatlikni kuchaytirish, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini yana-da yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2