Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati P. Sultanov tomonidan “S-Iqbol TV” telekanaliga tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududlarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda o‘zining deputatlik, kasbiy va hayotiy faoliyati yuzasidan videoko‘rsatuv uchun intervyu berildi.
📌Suhbat davomida tumanda aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎙 Shuningdek, deputatlik faoliyati davomida saylovchilar bilan olib borilayotgan muloqotlar, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
✅ Ko‘rsatuv tumandagi bunyodkorlik ishlari va deputatlik faoliyatining muhim jihatlari yoritildi.