👩💼 O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M. Nurjanova hamda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov tomonidan Arbob mahallasida joylashgan 4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
🔍 O‘rganishda muassasaning tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🌟 Farzandlarimizning munosib ta’lim va tarbiya olishi — kelajagimiz poydevoridir!
🏛Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram (https://t.me/+Cjo4wlu__sk0Nzg6) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=12&authority_id=448) | Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1NJVbdL5CC/) | You tube (https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariShovottumaniKen)