O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M. Nurjanova hamda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov tomonidan tumandagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda obyektning foydalanishga topshirilish muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
👷♂️ Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, qurilish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
🌟 Zamonaviy va qulay maktabgacha ta’lim muassasalari — farzandlarimizning munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun muhim omildir.