Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olgan fuqarolarning faoliyati va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda daromad manbalarining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda xotin-qizlar bandligini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, kredit mablag‘laridan oqilona foydalanish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.