Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannapova Yunusobod tumanidagi “Bog‘i Eram” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda faol ishtirok etilgani, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📉 Muloqotda “Bog‘i Eram” mahallasi faollari, mahalla “yettiligi” vakillari hamda aholi tomonidan hududdagi qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, ekologiya va obodonlashtirish xizmatlari faoliyati yuzasidan mavjud kamchiliklar, ayrim ko‘chalarda tungi yoritish tizimining yetarli emasligi, mahallada spirtli ichimlik iste’moli bilan bog‘liq holatlarning uchrayotgani, mahalla fuqarolar yig‘ini yonidagi bolalar maydonchasining yaroqsiz holga kelgani hamda hududdagi qurib qolgan daraxtlarni kesish masalalari muhokama qilindi.

💡 Shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar bandligi, tibbiy xizmatlar sifati, ichki yo‘llar va yoritish tizimi holati, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ekologik holat va boshqa ustuvor masalalar yuzasidan hududiy o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

🔎 O‘rganishlar davomida “Bog‘i Eram” mahallasi jinoyatchilik darajasi bo‘yicha qizil toifaga kirishi, hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha videokuzatuv kameralariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda butun mahalla hududida atigi 2 ta kuzatuv kamerasi mavjud bo‘lib, xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida kamida 30 ta videokuzatuv kamerasini o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

📨 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida Yunusobod tumani hokimligi hamda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga deputatlik so‘rovlari tayyorlanib yuborildi. Mazkur so‘rovlarda qurigan daraxtlarni bartaraf etish, bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish, yoritish tizimini yaxshilash hamda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari ilgari surildi.

💬 Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda hududdagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, aholi manfaatlarini himoya qilish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4