Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Deputat saylov okrugida fuqarolar muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida shahar Kengashi deputati O.Bozorov saylov okrugi hududida joylashgan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

​Uchrashuv jarayonini Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov olib bordi, hamda uchrashuv o'tkazilishiga Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan ko'maklashildi. Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan hudud aholisini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada kengaytirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot va joylardagi muammolarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3