Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Doimiy komissiya tomonidan mahalla idorasi binosini qurilish ishlari bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

alq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq doimiy komissiya raisi F.Axmedov boshchiligida tumanning “Dadaboyev” mahallasida olib borilayotgan mahalla idorasining qurilish ishlari o‘rganildi.

🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2025-yil 7-avgustdagi VII-17-74-10-136-K/25-sonli qaroriga muvofiq tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan tumanning “T.Dadaboyev” mahallasidan mahalla binosini qurish va “Mahalla markazi”ni tashkil qilish uchun 1,360 mlrd. so‘m miqdorda mablag‘lar ajratib berilgan edi. Tuman hokimligining taklifiga muvofiq ushbu mablag‘lar buyurtmachi tashkilot – Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi хizmati” IK hisob-raqamiga yo‘naltirilgan.

🔺O‘rganish jarayonida mahalla idorasini qurilish bo‘yicha belgilangan ishlar ma’lum muddatdan buyon to‘xtab qolgani aniqlandi. Xususan, binoning poydevor qismi yakunlanib, binoning metall karkas ishlari amalga oshirilgan.

🔺Holatga aniqlik kiritish maqsadida doimiy komissiya tomonidan mas'ullardan batafsil axborot soʻrab olinishi belgilandi. 

Slide 1 of 5