Жаңалықлар

Deputat_nazorati

 Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Alimova Nasiba Bozorboyevna tomonidan Farhod mahallasida joylashgan mahalla yettiligi, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududidagi aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar, ayniqsa, bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmalari — sport inshootlari, maktab va kollejlardagi sport zallari, ulardagi mavjud sport anjomlari, ularning texnik holati va foydalanish darajasi batafsil ko‘zdan kechirildi.

📚 Umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, shuningdek, kollejning moddiy-texnik bazasi, amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan xonalar holati ham deputat nazoratining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar joyida muhokama qilinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5