Oliy Majlis deputati Mavluda Ibragimova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muhammadvali Mo‘minov mahalladagi mavjud muammolar, aholi kundalik turmushiga doir masalalarni o‘rgandilar, fuqarolar murojaatlari yozma ravishda qabul qilindi.
Ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlari, yolg‘iz keksalarga e’tibor va boshqa masalalar ijtimoiy xodim faoliyati doirasida tahlil qilindi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda murojaatlarni hal etish yuzasidan
chora-tadbirlar belgilandi. Mana shunday tashriflar fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish hamda muammolarga joyida yechim topishda muhim ahamiyatga ega.