Tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlari saylangan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganilmoqda.Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — ijtimoiy soha obyektlarida mavsumni betalofat o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish,isitish tizimlarining sozligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Said ota” mahallasida joylashgan 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish jarayonida maktabning isitish tizimi,qozonxonalari va mavjud isitish uskunalarining texnik holati, issiqlik uzatishtarmoqlarining sozligi, tabiiy gaz ta’minoti hamda yong‘in xavfsizligivositalari ko‘zdan kechirildi. Mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lganmuammolarning oldini olish, isitish tizimlaridan xavfsiz va samaralifoydalanish hamda zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yuzasidan mas’ullarbilan fikr almashildi.Shuningdek, deputat tomonidan maktab sport zalida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, sport zali,o‘quvchilar uchun yuvinish xonalari hamda kiyinish xonalarining holati, ularda sanitariya va tozalik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.O‘rganish davomida o‘quvchilarning ta’lim olishi,sport bilan shug‘ullanishi va maktabda kunlik faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga ham e’tibor qaratildi.Deputat tomonidan maktab mas’ullariga kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, isitish tizimlari faoliyatini muntazam nazorat qilib borish hamda aniqlanishi mumkin bo‘lgan muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur o‘rganishlar ijtimoiy soha obyektlarining mavsumiy tayyorgarligini joyiga chiqqan holda baholash, mavjud holatni aniqlash va mas’ullar oldiga aniq vazifalarni qo‘yish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib borish belgilandi.