#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o‘rganish
Alisher Navoiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov mahalla yettiligi hamda tegishli mas’ullar ishtirokida Alisher Navoiy mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va har bir xonadon bilan manzilli ishlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mahalladagi kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mavjud imkoniyat va salohiyatidan samarali foydalanish, bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mas’ullarga har bir xonadon kesimida ish olib borish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.