#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
Yangi Hayot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumanida Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat A.Safarov okrugiga qarashli Yangihayot mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov Yangi Hayot mahallasida mahalla yettiligi va mas’ullar ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, aholini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish hamda daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Tashrif davomida Kambag‘allik reyestridagi oilalarning ijtimoiy ahvoli, bandligi va daromadlarini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. To‘xtayeva Sarvinoz va Hamidova Taxminaning xonadonlarida bo‘lib, ularni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullarga oilalar bilan xonadonbay ishlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.