DEPUTAT VA KENGASh — XALQ MANFAATLARINI IFODALOVChI MUHIM BO‘G‘IN
✅ Mahalliy Kengashlar faoliyatining asosiy maqsadi — hudud aholisining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mahalliy masalalarni hal etishda aholi ovozini davlat boshqaruviga yetkazishdir.
✅ Deputat esa ana shu jarayonning xalq bilan bevosita bog‘langan vakili hisoblanadi. U saylovchilar bilan muloqot qiladi, ularning muammolarini o‘rganadi, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi va masalalarni Kengash muhokamasiga olib chiqadi.
✅ Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari, deputatlik so‘rovlari, nazorat-tahlil tadbirlari va sayyor o‘rganishlar deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridir.
✅ Ayniqsa, hududlarda joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazish orqali qarorlar ijrosi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, qurilish va obodonlashtirish ishlari, aholi bandligi, ijtimoiy himoya hamda boshqa sohalardagi holatni bevosita o‘rganish imkoni yaratiladi.
✅ Samarali deputatlik faoliyati uchun deputat nafaqat qonunlarni bilishi, balki o‘z saylovchilari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, ko‘tarilayotgan masalalarga befarq bo‘lmasligi va o‘z vakolatlaridan qonuniy hamda samarali foydalanishi zarur.
✅ Kengash esa deputatlar faoliyatini birlashtiruvchi va hudud uchun muhim qarorlarni qabul qiluvchi vakillik organi sifatida maydonga chiqadi.
✅ Shuning uchun kuchli Kengash — faol deputatlar, faol deputat esa o‘z saylovchilari bilan yaqin va samarali muloqot qiladigan xalq vakilidir.
✍✍✍ Deputat va Kengash faoliyatida qonun ustuvorligi, ochiqlik, hisobdorlik va xalq bilan muloqot tamoyillarining ta’minlanishi hududni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.