Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar hamda infratuzilma masalalari atroflicha muhokama qilindi:
elektr ta’minoti (kuchlanish pasayishi, eskirgan simlar)
gaz, suv, yo‘l va kanalizatsiya holati
bolalar sport maydonchalari yetishmasligi
ichki yo‘llar va umumiy infratuzilma holati
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi:
yoshlar bandligi va yoshlar yetakchisi faoliyati
tibbiy xizmat sifati
hokim yordamchilari faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish ishlari
ijtimoiy xizmatlar va nafaqa ta’minoti
xotin-qizlar faoli faoliyati
soliq inspeksiyasi ishlari
yo‘llar, yoritish, tirbandliklar va yo‘l xavfsizligi
jamoat transporti va chiqindi masalalari
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imtiyozlar ijrosi
Uchrashuvda alohida e’tibor “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-996, 14.11.2024) targ‘ibotiga qaratildi. Qonunning mazmun-mohiyati va bolalarni himoya qilish bo‘yicha yangi mexanizmlar fuqarolarga tushuntirildi.
Aholi murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va huquqiy savodxonlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.