Жаңалықлар

DOIMIY KOVISSIYA

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, komissiya raisi Z. Qosimov, Kengash raisi K. Nurov hamda Kengash kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirilib, ularni puxta tayyorlash hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga belgilangan tartibda kiritish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3