Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari B.Rahmonov, F.G‘aybullayev, bir guruh ijodkorlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
📖 Tadbir davomida Sadriddin Aynining hayoti va boy ijodi, o‘zbek va tojik adabiyoti rivojida tutgan beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi. Uning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati hamda ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi alohida ta’kidlandi.
🏛 Tadbir yakunida ishtirokchilar uy-muzey ekspozitsiyasi bilan tanishib, adibga tegishli noyob eksponatlar, tarixiy hujjatlar va ijodiy meros namunalarini ko‘zdan kechirdilar.
Mazkur tadbir yosh avlodni ma’naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.