Mazkur so‘rovda mahalladagi elektr tarmoqlari infratuzilmasining eskirgani, xususan, yog‘och ustunlarning yaroqsiz holatga kelib qolgani aholi xavfsizligiga tahdid solayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, noqulay ob-havo sharoitida elektr uzilishlari va qisqa tutashuv holatlari kuzatilayotgani qayd etilgan.
Deputat tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda “Jiyanbobo” mahallasida zamonaviy beton ustunlar o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati