Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati H. Qudratova hamda Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 16-Go‘rmiron saylov okrugidan saylangan deputat D. Valiyeva tomonidan Ozod mahallasida Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi VII-18-37-6-80-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan joyiga chiqib nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.
👥 O‘rganish davomida mazkur qarorga muvofiq tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Ijtimoiy reyestr” axborot tizimiga kiritilgan, I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.