Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov tomonidan “Luqmon” mahallasi hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya va obodonlashtirish ishlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mahallada chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarining tashkil etilishi, chiqindi to‘planishi mumkin bo‘lgan nuqtalarning sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan jadval asosida muntazam olib chiqish va hududlarni doimiy ravishda ozoda saqlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📌Muloqotlar davomida aholiga atrof-muhit tozaligini saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan mahallalarda ekologik tozalikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun sog‘lom va obod yashash muhitini shakllantirishga qaratilgan o‘rganishlar va jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4