Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
QO‘SHKO‘PIRDAGI “OG‘IR TOIFA”LI MAHALLA QIYOFASI O‘ZGARMOQDA: INFRATUZILMA VA MABLAG‘LAR NAZORATDA!

✅ Qo‘shko‘pir tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi bugun mutasaddilar e’tiborida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

🏅Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi A.Radjabov, Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M.Tangriberganov hamda “Qo‘shko‘pir ta’mir qurilishi” XK bosh muhandisi ishtirokida mahalladagi haqiqiy holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida nimalarga asosiy e’tibor qaratildi?

🛣 Ichki yo‘llar holati: Mahalladagi ichki ko‘chalarni ta’mirlash va soz holatga keltirish choralari;

💡 Tungi yoritish tizimi: Ko‘chalarni tunda yoritish orqali aholi xavfsizligini ta’minlash;

🚗 Tirbandliklar yechimi: Avtomobil yo‘llarida harakatlanish qulayligini oshirish va tirbandliklarning oldini olish;

💰 Mablag‘lar nazorati: Eng muhimi, mahallani rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri va maqsadli taqsimlanishi hamda sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

⚠️ Qat’iy topshiriq: Mutasaddilarga belgilangan qurilish-ta’mirlash vazifalarini sifatli va o‘z muddatida bajarish, har bir ajratilgan so‘mning samaradorligini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

🤝 “Do‘stlik” mahallasini kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4