Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.

MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan "Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-547-son Qonuni fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini taʼminlash, ularning shaxsga doir maʼlumotlarini qonuniy himoya qilish hamda ushbu maʼlumotlardan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Mazkur Qonunning mohiyati yuzasidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Amniqulov Shaxrijahon Oʻtkir oʻgʻli o‘z munosabatini bildirib shunday dedi:"Bugungi raqamli davrda fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilish dolzarb masalaga aylandi. Mazkur Qonun har bir fuqaroning shaxsiy maʼlumotlari qonun asosida yigʻilishi, saqlanishi va ulardan foydalanilishini kafolatlaydi. Bu esa fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi."

Shuningdek, deputat taʼkidlaganidek, shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, fuqarolarning roziligini olish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash davlat organlari va tashkilotlarning muhim vazifalaridan biridir.

Qonun fuqarolarga nima beradi?

✔️Shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.
✔️Shaxsiy maʼlumotlardan faqat qonuniy asoslarda foydalanilishini taʼminlaydi.
✔️Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini himoya qiladi.
✔️Axborot xavfsizligini mustahkamlash va shaxsiy maʼlumotlardan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.