Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori N.Jalaliddinovning mahallalarda ehtiyojmand oilalar bo‘yicha ijtimoiy daftarlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti atroflicha tahlil qilindi.

Deputatlar mahallalardagi ijtimoiy holatni o‘rganib, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ijtimoiy daftarlar bilan ishlash tizimining samaradorligi bilan tanishdilar.

Shuningdek, mahalla faollari, ijtimoiy xodimlar va mas’ullar bilan muloqotlar o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar hamda bildirilgan takliflar umumlashtirilib, masalani sessiyada muhokama qilish uchun tegishli xulosalar tayyorlanmoqda.

Joylarda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar deputatlik nazoratining muhim shakli bo‘lib, aholi manfaatlarini ta’minlash va ijtimoiy muhofaza tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2