Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Allomalar muzeyida uchrashuv o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S.Jumayeva, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Qo‘qon shahridagi Allomalar muzeyida muzey xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda madaniy-ma’rifiy maskanlar jozibadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar, ayniqsa yoshlarning muzeylarga tashriflarini ko‘paytirish, ularda tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etish yuzasidan fikr almashildi.

Muzey xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida muzey faoliyatini rivojlantirish, yoshlarni madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish va milliy madaniy merosni ommalashtirish borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar madaniy meros obyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6