Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI.

Yig‘ilishda Kengash Kotibiyati mudiri tomonidan Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsad va vazifalari, faoliyatini tashkil etish tartibi, a’zolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, yoshlarning hududdagi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini yanada faollashtirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlar muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni shakllantirish, tuman Kengashining doimiy komissiyalari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etish, uning yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish hamda yoshlarning tashabbus va takliflarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda tumandagi 56 ta mahalla fuqarolar yig‘inining sportga ixtisoslashganlik drayverlarini aniqlash yuzasidan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlanib, tegishli o‘rganishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5