Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot beruvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan ikki masala muhokama qilindi.
Birinchi masala yuzasidan Bag‘dod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O‘. Boltaboyev tomonidan "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larini ajratish to‘g‘risida hisobot taqdim etildi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra, mazkur masalani Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Ikkinchi masala yuzasidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari E. Qodirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida jamg‘arma mablag‘larini ehtiyoj darajasi nisbatan past bo‘lgan mahallalardan ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahallalarga qayta taqsimlash masalasi yuzasidan hisobot berildi.

Mazkur masala doimiy komissiya hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ehtiyoj darajasi nisbatan past deb baholangan mahallalardagi holatni deputatlar tomonidan 3 kun muddatda joyiga chiqib qayta o‘rganish hamda o‘rganish natijalari asosida masalani doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida qayta ko‘rib chiqish belgilandi.

Slide 1 of 9