Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 4-Navbahor saylov okrugi deputati Eshpulatov Gʻayratjon Eshpulatovich tomonidan Uzun mahallasida joylashgan 10-umumtaʼlim maktabi binosida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 4-Navbahor saylov okrugi deputati Eshpulatov Gʻayratjon Eshpulatovich tomonidan Uzun mahallasida joylashgan 10-umumtaʼlim maktabi binosida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad aholi bilan ochiq muloqot oʻrnatish, hududdagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topishdan iborat boʻldi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, obodonlashtirish ishlari, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, saylovchilar tomonidan yoʻllar taʼmiri, ichimlik suvi taʼminoti, bandlik masalalari, yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holati yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.

Deputat Eshpulatov Gʻayratjon Eshpulatovich fuqarolarning har bir murojaatini diqqat bilan tinglab, ularni hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrilishini taʼkidladi. Ayrim masalalar yuzasidan masʼul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6