Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Adirobod mahallasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Zarbdor tumanining Adirobod mahallasida aholi vakillari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, aholi orasida shukronalik hissini oshirish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dinning insonparvarlik, ezgulik va bag‘rikenglik tamoyillari, qonun ustuvorligi hamda oila muqaddasligi yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Xudoyarova hamda viloyat Kengashi deputati A.Raxmonqulov ham ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot olib borildi.

Tadbir yakunida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Mazkur tadbir aholi o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7