Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Zarbdor tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Jizzax viloyati hokimining 2026-yil 28-yanvardagi 01-12-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Zarbdor tumani Do‘stlik mahallasida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.Aralov ishtirok etib, yig‘ilganlarga “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi. Xususan, dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlikka chorlovchi fazilatlari, diniy bag‘rikenglik tamoyillari, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, qonun ustuvorligi hamda oila muqaddasligini asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Kengash raisi tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishda tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash hamda jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4