Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Deputatlar hududda zamonaviy loyihalar bilan tanishishdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 5-Navoiy saylov okrugi deputati Z.Umurzakov hamda 11-Oqbuloq saylov okrugi deputati T.Qodirov tomonidan Navoiy mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik qurilish loyihalari bilan tanishildi.

Xususan, hududda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” asosida barpo etiladigan zamonaviy mahalla loyihasi ko‘rib chiqilib, unda yoshlar uchun 📚o‘quv markazlari, 💻IT markaz, 🏬 savdo va servis obyektlari, ☕️ kafe va restoranlar hamda 🌳 sayr qilish uchun yashil hududlar tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, hududda aholi, ayniqsa yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport majmualari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular tarkibida futbol maydoni, voleybol maydoni, tennis korti, kurash zali, futzal hamda basseyn barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihalar hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda zamonaviy va obod muhitni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3