Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B. Sharipov tomonidan Uchquduq tumanidagi madaniyat saroyi hamda mazkur maskan tarkibida faoliyat yuritayotgan kutubxona holati joyiga chiqib, batafsil o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida madaniyat saroyining moddiy-texnik bazasi, bino-inshootlarning holati, aholiga, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kutubxona faoliyati alohida e’tiborga olinib, kitob fondining boyligi, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar va tashrif buyuruvchilar faolligi o‘rganildi.

Deputat tomonidan soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq tavsiyalar berilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5