Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Yo‘l, drenaj va ekologiya masalalari bo‘yicha rasmiy murojaat

🌿 Yo‘l, drenaj va ekologiya masalalari bo‘yicha rasmiy murojaat

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 2-Yozuvchilar saylov okrugi deputati Xasanov Laziz Saydivaliyevich tomonidan hudud aholisi murojaatlari asosida Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari–tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Vaxabovga deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Deputat so‘rovining qisqacha mazmuni:

Bobur mahallasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolardan bir qator murojaatlar kelib tushdi. Xususan, Bobur ko‘chasi 67-uy, 5–9-korpus aholisi tomonidan jamoaviy murojaat taqdim etildi.

Unda quyidagi muammolar ko‘tarilgan:

▪️ drenaj (ariq) tizimi o‘rnatilishi natijasida hovli va ichki yo‘llar shikastlangan;

▪️ yo‘llarda 15–20 sm chuqurlikdagi chuqurlar paydo bo‘lgan;

▪️ piyodalar harakati uchun, ayniqsa keksalar va bolali oilalar uchun noqulayliklar yuzaga kelgan;

▪️ o‘rnatilgan ariqlar amalda ishlamaydi va tizimga ulanmagan;

▪️ chiqindilar to‘planib, sanitariya holati yomonlashgan;

▪️ asfalt sifati past, ta’mirlash ishlari yakunlanmagan;

▪️ daraxtlarga zarar yetkazilgan, qurib qolish xavfi mavjud.

📎 Mazkur holatlar yuzasidan:

✔️ qurilish ishlariga huquqiy baho berish;

✔️ kamchiliklarni bartaraf etish;

✔️ yo‘l va hovlilarni sifatli ta’mirlash;

✔️ drenaj tizimini to‘liq ishga tushirish;

✔️ shikastlangan daraxtlarni tiklash;

✔️ yashil hududni saqlash choralarini ko‘rish bo‘yicha asoslangan tushuntirish berish so‘raldi.

Murojaat nazoratga olingan.