Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov Tut tagi mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligi va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

 Xususan, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi va yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yigʻilishda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa aholini kambagʻallikdan chiqarish, daromad manbalarini yaratish borasidagi faoliyat samaradorligi muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning oʻz vaqtida tayinlanishi va yetkazilishi masalalari koʻrib chiqildi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilinib, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga baho berildi.

Uchrashuv yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha masʼullarning faoliyati tanqidiy-tahliliy asosda koʻrib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5