Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Chilonzor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Chilonzor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Chilonzor tumani “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat asosida hududdagi obodonlashtirish bilan bog‘liq muammo yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝 Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xaydarov Nodirjon Kadirovich tomonidan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi nomiga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

🔎 Murojaatda qayd etilishicha, “Bahoriston” MFY hududidagi Guliston ko‘chasi 21, 22 va 23-uylar atrofida daraxt shoxlari tartibsiz o‘sib ketgan bo‘lib, bu holat mahalla aholisining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat hududning sanitariya holati va estetik ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan.

📁 Shu munosabat bilan deputat tomonidan masalani joyiga chiqib o‘rganish, daraxt shoxlarini belgilangan tartibda butalishi hamda hududni tartibga keltirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va o‘rganish natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 1