Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov va I. Jalilova hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda hududdagi yoshlar bandligi holati atroflicha o‘rganildi.

 Tashrif davomida mahallada mavjud yoshlar reyestri, ularning bandligi, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar ham tahlil qilindi. Deputatlar yoshlar bilan individual ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha axborot almashinuvini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahallada ijtimoiy faollikni oshirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy taklif va topshiriqlar berildi hamda kelgusida hamkorlikni kuchaytirish belgilandi.

Aniqlangan muammolar deputatlar tomonidan mahallada yuritiladigan “muammolar daftari”ga belgilangan tartibda kiritildi. Bu orqali deputat nazorati kuchaytiriladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5