Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Tuman Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📌 Tuman Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

🔹 Xususan, qonunning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishdan iborat ekani ta’kidlandi.

🔹Deputat G.Isayeva o‘z chiqishida tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari, shuningdek, himoya orderi berish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

🔹Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilikning o‘rni beqiyos ekani alohida qayd etildi.

🔹Bunday targ‘ibot tadbirlari aholi o‘rtasida qonunchilikka hurmatni oshirish, xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish va oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2