Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida o‘quv seminar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tuman va shahar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Sherobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari X. Qulsoatov tomonidan mazkur qaror hamda unga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish manbalari, qo‘shimcha resurslardan samarali foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

📎 Yakunda mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish hamda mahalliy budjet barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4