Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Rahbar va talabalar uchrashuvi” tashkil etildi

Uchrashuvda Samarqand shahar hokimi Umarov Fazliddin Karimovich hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi raisi Qarshiyev Zayniddin Abduvaliyevich talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdilar.

 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda turli tashabbuslar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Xususan, ta’lim sifatini yanada oshirish, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

 Shahar hokimi va mutasaddi rahbarlar tomonidan har bir murojaat va taklif alohida e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

 Uchrashuv davomida ta’lim muassasasi va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

 Mazkur uchrashuv talabalar va rahbarlar o‘rtasida ochiq muloqot muhitini yaratib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarga tezkor va samarali yechim topish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1