Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Avtobus bekatlari holati o'rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev hamda Kengash deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi “Marmarobod” MFY hududida joylashgan avtobus bekatlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida avtobus bekatlarining sanitariya-gigiyena holati, atrof-muhitning tozaligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, aholiga qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonuni talablari asosida olib borildi. Qonun doirasida jamoat joylarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda gigiyenik talablarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida: 

-bekatlarning tozalik darajasi

-chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish holati

-bekatlarning texnik va estetik ko‘rinishi

- aholiga yaratilgan qulayliklar darajasi tahlil qilindi

 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya holatini yaxshilash, bekatlarni tartibga keltirish hamda tegishli mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

 Mazkur o‘rganish ishlari aholi salomatligini muhofaza qilish, jamoat joylarida sanitariya madaniyatini oshirish hamda shaharning obodonlashtirilishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3