Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Bobur MFYda boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Bobur MFYda boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Muborak tumani Bobur mahallasida xalq deputatlari Muborak tumani Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, deputat Raxmatillo Begmatov tashabbusi bilan aholi uchun muhim bo‘lgan kommunal xizmatlar holati yuzasidan o'rganish olib bordi.

Unda “Muborak Ulkan inshoat” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Ixtiyor Farmonov hamda BSK ishchi-xodimlari ishtirok etib, kommunal xizmatlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi hamda ularning faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Yig‘ilish davomida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, muhandislik kommunikatsiyalari holati, sanitariya va tozalik masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Tadbir yakunida kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi bilan samarali muloqotni kuchaytirish va mavjud muammolarni tezkor hal etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3