Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Termiz tumani hokimning navbatdagi qabuli hududdan saylangan deputatlar ishtirokida o‘tkazildi

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularga manzilli yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar izchil davom etmoqda. Bugun shu maqsadda tuman hokimi Shuxrat Qalandarov navbatdagi sayyor qabulini Nurli diyor mahallasida o‘tkazdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tgan sayyor qabulda hududdan saylangan xalq deputat deputat Xakimov Sirojiddin Turayevich, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik masalalari, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish, kadastr hamda boshqa sohalarga oid murojaatlar bildirildi. 

Tuman hokimi har bir murojaatni batafsil tinglab, o‘nga yaqin masala bo‘yicha qabulning o‘zidayoq ijobiy yechimlarni belgilab berdi. Ayrimlarini joyiga borgan holda shaxsan o‘rganishini ta’kidladi.

Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar yuklatilib, aniq muddatlar belgilab berildi.

Termiz tuman hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda hududdan saylangan deputatlarning ham ishtirok etishi reja-grafik asosida va deputatlar bilan uzaro kelishuv orqali amalga oshirilmoqda, bu esa samarali hamkorlikni ta’minlaydi.

Slide 1 of 10