Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Shodmonov Zoir Xolmurot o'g'li 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Shodmonov Zoir Xolmurot o'g'li 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi

🏛 Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 11–Muqumiy saylov okrugi deputati Shodmonov Zoir Xolmurot o‘g‘li 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berdi. Hisobot yig‘ilishi Bog'ishamol MFY Paxtakor pedagogika kollejida bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuvda 11–Muqimiy okrugi hududidagi mahalla fuqarolari ishtirok etdi. Deputat o‘z hisobotida 2025-yil davomida, xususan to‘rtinchi chorakda fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, sayyor qabullar hamda ijtimoiy tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Hisobot davrida 45 nafar fuqaro shaxsiy va jamoaviy qabullarda qabul qilinib, murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgani va ularning aksariyatiga ijobiy yechim topilgani qayd etildi.

📁 Shodmonov Zoir 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi sessiyalarida hamda doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi. Sessiyalarda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, atrof-muhit muhofazasi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib bordi. Shuningdek, deputat tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar amalga oshirilib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining ahamiyati yuzasidan keng jamoatchilikka tushuntirishlar berdi.

🗣 Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar deputat nazoratiga olinib, saylovchilar bilan ochiq va doimiy muloqot davom ettirilishi bildirildi.

Slide 1 of 4