Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" YAGONA MAQSAD YO‘LIDAGI HAMJIHATLIK

📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari "Bog‘ishamol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazildi. Deputatning ushbu tashrifi nafaqat infratuzilma holatini tahlil qilish, balki inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratildi.

 👵 Deputat mahallaning faxriy nuroniylari va yolg‘iz keksalar xonadonlarida bo‘ldi. Ularning yashash sharoitlari, sog‘lig‘i va kundalik ehtiyojlari bilan qiziqdi. Keksa avlod vakillarining muammolari tinglanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ijro organlariga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

🚧 Mahallaning ichki ko‘chalari, elektr tarmoqlari va yo‘llardagi nosozliklar ko‘zdan kechirildi. Xususan, yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planib qolayotgan nuqtalar va ta’mirtalab ko‘chalarni manzilli dasturlarga kiritish masalasi muhokama qilindi.

🏢 Hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati, atrof-muhit ozodaligi va Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati nazorat qilindi. "Yashil makon" dasturi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratildi.

🤝 "2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" doirasida mahalla binosida "yettilik" a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahallani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarning borishi tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6